Yangiliklar

JST jahon savdosi istiqbollarini ijobiy tahlil qildi

Tashkilotning 2023 yil uchun istiqbollari yaxshilandi

Jahon savdo tashkiloti (JST) 2023 yilda jahon savdosining o‘sish sur’atlari bo‘yicha prognozini yuqoriga qarab o‘zgartirdi, yozadi «Interfaks».

Agar o‘tgan yilning oktabr oyida tashkilot xalqaro savdo hajmining atigi 1 foizga o‘sishini kutgan bo‘lsa, hozir bu baho 1,7 foizga oshgan. Biroq, bu sur’at hali ham JSTda past deb hisoblanadi.

«2023 yilda global savdo o‘sishi o‘tgan yilning kuzidan buyon YaIM (yalpi ichki mahsulot – Tahrir.) prognozi biroz yaxshilanganiga qaramay, hali ham sust bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi tashkilot xabarida.

Vaziyatga Ukrainadagi voqealar, dunyodagi yuqori inflyatsiya, pul-kredit siyosatining keskinlashuvi va moliya bozorlaridagi noaniqlik salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

JST jahonda savdoni erkinlashtirishga qaratilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, yangi savdo kelishuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul, imzolangan hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiladi.