Yangiliklar

Xitoy va Tayvandan AQSh uchun chiplar ishlab chiqarish qayerga joylashtirilmoqda?

Fevral oyida yarimo’tkazgich importining o’sishida to’rtta Osiyo davlati yetakchilik qilmoqda

Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, Tailand, V’yetnam, Hindiston va Kambodja joriy yilda AQSh iqtisodiyotiga chip yetkazib beruvchilar orasida eng tez o’sayotgan mamlakatlardir.

AQSH statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, bu mamlakatga mikrochiplar importi oʻtgan yilga nisbatan 17 foizga oshgan va fevral oyida 4,86 ​​milliard dollarni tashkil etgan.Ushbu hajmning 83 foizi Osiyodan kelgan.

Hindistondan yarimo‘tkazgichlar yetkazib berish 34 barobarga oshib, 152 million dollarni tashkil etdi.

Kambodjada o’sish 698% ni tashkil etdi, fevral oyida import hajmi 166 million dollarga etdi.

Yarimo’tkazgichlar jo’natilishining to’rtdan bir qismidan ko’prog’ini tashkil etuvchi Vetnam va Tailand AQShning ushbu sektordagi importini mos ravishda 75% va 62% ga oshirdi.

Qo’shma Shtatlar Xitoy bilan munosabatlari keskinlashgan bir paytda chiplar importini diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Rasmiy Vashington, shuningdek, Janubiy Koreya va Tayvan yetkazib beruvchilariga haddan tashqari tobeligidan xavotirda.