Fevralda
Fevral oyida jahon chiplari bozori 20,7 foizga tushib, 39,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu 14 yil ichida rekord darajadagi pasayishdir. Bu haqda yarimo‘tkazgichlar sanoati uyushmasi (SIA) press-relizida ma’lum qilindi.
Taqqoslash uchun, 2022 yil fevral oyida sotuvlar hajmi 50 milliard dollarni tashkil qilgan.
«Bozor davriyligi va makroiqtisodiy to’siqlar sotuvlarni susaytirdi, ammo o’rta va uzoq muddatli bozor istiqboli bir qator bozorlarda o’sib borayotgan talab tufayli yorqin bo’lib qolmoqda», dedi SIA prezidenti va bosh direktori Jon Nyufer.
Shimoliy va Janubiy Amerikada chiplar savdosi 14,8 foizga, Yevropada 0,9 foizga, Xitoyda 34,2 foizga, Osiyo-Tinch okeani va boshqa mintaqalarda 22,1 foizga kamaydi. Biroq, Yaponiyada sotuvlar 1,2% ga oshdi.
Eslatib o’tamiz, Tailand, Vetnam, Hindiston va Kambodja joriy yilda AQSh iqtisodiyotiga chiplar yetkazib beruvchi eng tez o’sayotgan mamlakatlarga aylandi.