Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi
Ukrainada urush boshlanganidan buyon 6030 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi, xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilda xorijdagi oʻzbekistonliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha 276 846 ta konsullik operatsiyalari amalga oshirilgan.
Eslatib o’tamiz, 2023 yil fevral oyi oxirida Ukrainada Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli tinch aholi vakillari halok bo‘lganlar soni 8,1 ming kishiga yetgan, 13,4 ming kishi jarohat olgan.