Dollar kursining kuchayishi sabab oltin narxi tushib ketdi
AQSh mehnat bozoridagi keskinlik haqidagi xabarlar fonida
10 aprel kuni oltin narxi dollar kursining mustahkamlanishi tufayli tushib ketdi. Bu AQSh mehnat bozoridagi keskin vaziyat va AQSh Federal zahira xizmati tomonidan stavkaning oshishi mumkinligi haqidagi hisobot e’lon qilinganidan keyin sodir bo’ldi. Bu haqda The Economic Times nashri xabar berdi.
Spot oltin narxi Toshkent vaqti bilan soat 05:41 holatiga ko‘ra 0,4 foizga pasayib, untsiya uchun 2000,57 dollarni tashkil qildi. AQSh oltin fyucherslari ham 0,4 foizga tushib, 2017,80 dollarni tashkil qildi.
Dollar indeksi 0,1% ga oshdi, bu esa chet ellik xaridorlar uchun oltin quymalarini qimmatlashtirdi.
Economic Times o‘tgan haftada Osiyoning asosiy markazlarida oltinga bo‘lgan talab pasayganini ta’kidladi. Yuqori narxlar dilerlarni xaridorlarni chegirmalar bilan jalb qilishga majbur qildi.