Ammo u eng yaxshi milliarderlar qatorida qoldi
Tesla aksiyalari investorlarning kompaniyaning rentabelligi haqidagi xavotirlari tufayli tushib ketganidan so‘ng, Ilon Maskning boyligi bor-yo‘g‘i bir hafta ichida 14,5 milliard dollarga kamayib, 187,9 milliard dollarga tushdi.
Amerikaning Forbes ma’lumotlariga ko’ra, Tesla egasining boyligi 14,5 milliard dollarga kamaydi. Bu shu haftada sayyoramizning eng boy odamlari orasida mutlaq rekorddir.
Bunga uning kapitalining asosiy qismini tashkil etuvchi Tesla aksiyalari 10,8 foizga arzonlashgani sabab bo‘lgan.
Investorlarni avtomobil ishlab chiqaruvchining so‘nggi choraklik hisoboti qoniqtirmadi, unga ko‘ra, omborlardagi elektromobillar soni eng yuqori nuqtaga yetdi. Bu noodatiy holat, chunki Tesla ilgari hech qachon o’z mahsulotlariga past talabni boshdan kechirmagan.
Shu bilan birga, Mask AQShdagi eng boy biznesmen va dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida tadbirkor 2022-yilda eng katta yo‘qotishlarga uchragan milliarderlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan edi. Uning boyligi rekord darajadagi 125 milliard dollarga qisqardi, Tesla aksiyalari esa 65 foizga kamaydi.