O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb tan olingan
Bizda eng past jinoyat darajasi belgilangan
Jinoyatchilik darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 136 mamlakat ichida 99-o‘rinni egalladi. Indeks World Population Review tomonidan tuzilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida bu 2023-yildagi eng past jinoyat darajasidir.
Qirg‘iziston 31-o‘rinda, Qozog‘iston 40-o‘rinda joylashgan. Reytingga Tojikiston va Turkmaniston kirmagan.
World Population Review ma’lumotlariga ko’ra, «jinoyatchi» reytingda Venesuela, Papua-Yangi Gvineya va Janubiy Afrika yetakchi bo’ldi.
Eng kam jinoyat Tayvan, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarda sodir etilgan.
Ma’limot uchun: 2022 yilda Toshkentda jinoyatchilik 11 foizga kamaygan edi. Xususan, qasddan odam o‘ldirish 18 foizga, talonchilik 25,4 foizga, talonchilik 35 foizga kamaygan.