Raqamlashtirish O’zbekiston rivojiga qanday ta’sir o’tkazyapti
Bu haqida Fido biznes asoschisi Tal’at Dadajonov Kursivga bergan intervyusida aytib berdi.
O’zbekistonda IT sektorining hukumat tomonidan qo’llab quvvatlanishi raqamli texnologiyalar sohasida amalda bo’lgan va yangi o’rinlarni o’zlashtirayotgan biznes tomonidan yaxshi kutib olindi. IT sohasida faoliyat olib borayotganlar uchun tartibga solishning yangi qonun qoidalar va imkoniyatlar bundan bir necha yil avvalgidan ancha farq qiladi. O’z navbatida raqobat ham o’sdi.Bugungi kunda raqamli texnologiyalar sanoatida yirik biznes qanday faoliyat olib borayotgani haqida O’zbekistondagi eng dastlabki dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya Fido biznes asoschisi bilan suhbatlashdik.
Foto: Roman Fedotov
Raqamlashtirish barcha uchun
–Tal’at Karimovich, sizning kompaniyangiz bozorda 30 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kundagi shart sharoitlar bilan siz ish boshlagan paytdagi sharoitlar nimasi bilan farq qiladi?
-Asosiy farq biznes bunyod bo’lishida.Biz Ittifoqdan keyingi rejali tizim ustunlik qilgan yillarda boshlagan edik. Bizning asosiy haridorlarimiz bo’lgan banklar 90% shunday edi.Hozirda esa mamlakat bozor iqtisodiyoti sharoitlarida jadal rivojlanmoqda.Bu yerda esa hammasi boshqacha. Banklar raqobat uchun bir biridan o’zarga mijozlar manfaati uchun farqlanishga harakat qilmoqdalar. Raqamlashtirish va IT texnologiyalar aynan bir biridan farq qiladigan mahsulotlar yaratishga imkon beradi.
-Raqamlashtirish o’zbek iqtisodiyoti rivoji uchun bosh maqsadlardan biri deb e’lon qilindi.Sizning fikringizcha bugungi kunda mamlakatda bu jarayon qanday kechyapti?
-Hukumat IT texnologiyalar hayotimizga chuqur kirib borishi uchun hamma imkoniyatni yaratib berdi.Xususan bir qator qonunlarga o’zgartirish kiritildi,raqamlashtirishni qo’llab quvvatlovchi va rivojlantiruvchi turli xil dasturlar yaratildi, biznes rivojlanishi uchun mutlaqo barcha sharoitlar yaratildi. Bizdan esa faqat ishlash talab qilinadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida biznesdagi salmoqli o’zgarishlarni guvohi bo’lmoqdamiz. Bu ayniqsa bank sohasida yaqqol ko’zga tashlanadi, hozirgi bank mijozlari bundan 30 yil oldingilaridan tubdan farq qiladi.Birinchi navbatda raqamli mijoz. Odamlar qo’lidagi telefoniga o’rnatilgan dastur orqali uydan chiqmagan holda istalgan savoliga javob topishi mumkin.To’g’ri yo’lda do’konga kirish, tanishlar bilan suhbatda bo’lish,sayr qilish uchun avvalgidek bankka o’zi boradigan mijozlar ham bor. Bunday kishilar o’z navbatida yoshi katta avlod.Ammo kelajak raqamli mijozlar qo’lida.Agar bank transformatsiya qilmasa mijozlar ulardan yuz o’giradi.
Afsuski, barcha tashkilotlar ham transformatsiyaning muhimligini anglab yetmaydi. Ba’zi kompaniyalar hatto buni nimaligini va qanday natijalarga erishish mumkinligini tushunmaydi. Shuning uchun ko’p hollarda raqamlashtirish e’lon qilingach biznes noto’g’ri yo’nalishdan ketib qoladi. Buni oldini olish uchun kompaniya o’z ichida hodimlari nega didjitalizatsiya qilinayotganligini tushunishi uchun raqamlashtirish madaniyatini shakllantirish kerak.
Raqamlashtirish – avtomatlashtirishdan keyingi bosqich ekanligini unutmaslik lozim. Ayrim kompaniyalar esa hali oldingi bosqichdan to’laqonli o’tmaganligi sababli raqamlashtirish bosqichiga o’ta olmaydi.
-Hukumat qay tarzda iqtisodiyotni raqamlashtirishni targ’ib qilyapti?
-Biz davlat sektori bilan aktiv ishlaymiz va har kuni ijobiy o’zgarishlarni ko’ryapmiz. Tizim ham undagi amalorlar ham o’zgarmoqda. Bugungi kunda vazirliklar boshliqlari va vedomostlar va ularning o’rinbosarlari raqamlashtirishsiz, avtomatlashtirishsiz oldinga hech qanday siljish bo’lmasligi haqida tushuncha mavjud. Rahbarlarning o’zi ham boshqa. Ularning ko’pchiligi yaxshi ta’lim olgan, ular orasida ba’zilari xalqaro darajadagi ish tajribasiga ega yosh kadrlar. Shunday qilib raqamlashtirish uchun barcha shart sharoit mavjud, qolgan barchasi biznesning qo’lida.
Ortda qolish afzallikka aylandi
-O‘zbekiston haqida gap ketganda, ko’pincha qo’shni Sobiq Ittifoq mamlakatlardan ortda qoldi deyishadi. IT sohasida u ortda qoldimi va qanchalik chuqur?
– Agar Sobiq Ittifoqdan Rossiya hamda Qozog’iston bilan solishtirilsa, albatta ularda raqamlashtirish ancha ilgari boshlangan edi. O’zbekiston IT sohasida uncha katta yo’qotishga uchragani yo’q. Lekin hukumat hamkorlar va qo’shnilarimizga yetib olish, hatto o’zib ketish uchun ham barcha sharoitni yaratdi. Va bu amalga oshmoqda.
Shuni aniq ayta olamanki, Markaziy osiyo moliyaviy texnologiyalari, ya’ni O’zbekiston hamda Qozog’iston rivojlanishda ba’zi Yevropa davlatlaridan ham o’zib ketdi. G’arb biroz konservativroq. O’z navbatida bank tizimi, tarmoqli filiallar, hodimlar, u yerda uzoqroq rivojlangan. Biz ancha muddat ushbu narsalarning bizda yo’qligini g’arb banklaridan ortda qolish deb hisoblar edik. Ammo bugun, texnologiyalar oldinga qadamlab ketgach, avval bank sohasida autsayder hisoblanganlar moliyaviy texnologiyalar yetakchisiga aylanmoqda. Chunki yangi biznes o’zining mobilligi tufayli yirik sarmoyalarsiz ham insonlar talablariga javob beradigan xizmatlarni taklif qilayotgan bir paytda yirik banklar noqulayligi tufatli yopilib ketish ehtimoliga ega. Buning uchun shunchaki mobil telefon hamda internetning o’zi kifoya.
Hozirda O’zbekiston yangi g’oyalar va texnologiyalarga ochilayotgan bir paytda biz boshqa davlatlar tajribasi ko’z o’ngimizda turgani juda muhim. Bu esa biz o’zimizning emas, ularning xatolari ustidan o’rganamiz degani.
Inson resursi
-Yana bitta O’zbekiston haqidagi stereotip bu malakali kadrlarning yetishmasligi. Bu muammoni siz o’zingizda qanday hal qilasiz?
-Professional kadrlar yetishmovchiligi bugungi kunda davlat darajasida hal qilinmoqda. Birinchidan IT parkning paydo bo’lishi nafaqat startap faoliyati hamda rivoji uchun balki raqamlashtirish sohasida mutaxassis yoshlar tarbiyalanadigan markazga aylandi. Xususiy va chet el oliy o’quv yurtlari paydo bo’ldi. Viloyatlarda esa o’quv markazlari ochilmoqda, hukumat esa o’smirlarni va qizlarni IT sohasidagi bilimlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqmoqda.
Biz kompaniyamizda kadrlarni tayyorlash bilan o’zimiz shug’ullanamiz. Odatda uchinchi va to’rtinchi kurs talabalarini olib ular uchun maxsus jamoa tuzib amaliyot tashkil qilamiz. Ular oylik olishadi va rahbarlari bilan proyektlarini himoya qilishadi. Agar himoya muvaffaqiyatli o’tsa, ularga o’zimizda ishga joylashishni taklif qilamiz.
O’z navbatida xorijlik mutaxassislarni ham jalb qilamiz, ular kompaniyamizda muayyan jarayonlarni tashkil etishda qo’limizni pulsda ushlab turish hamda mijozlarga yo’nalishga yordam beradi.
Xavfsizlik barcha narsadan ustun
– Siz uzoq vaqtdan beri raqamli biznesdasiz, sizningcha, bugungi kunda O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari qanday?
– Avvalo, bu axborot xavfsizligi masalalari. Mamlakatda davlat va moliyaviy xizmatlar faol rivojlanmoqda, ular onlayn tarzda amalga oshiriladi, shuning uchun shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi muammosi keskin yuzaga keladi.
Axborot xavfsizligi nafaqat axborot imkoniyatlari, balki tashkiliy kompleks yechimlardir. Tijorat banklari va davlat muassasalarida axborot xavfsizligi xizmati doimiy ravishda qayta o’qitilishi kerak. Texnologik jihatdan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, hatto kiberxavfsizlik markazi ham yaratilgan. So’nggi paytlarda banklar bu borada jiddiy ishlay boshladilar va bu faoliyat faqat kuchaytirilishi kerak.
Yana bir tendensiya – FinTech va elektron tijoratni rivojlantirishdir. Bugungi kunda ushbu yo’nalishlar banklar va an’anaviy savdo shakllari uchun jiddiy raqobatni anglatadi. FinTech va e-commerce-ning paydo bo’lishi bank sektorining rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmoqda. Banklarning o’zlari bugungi kunda onlayn xizmatlarsiz omon qololmasliklarini tushunishadi.
Va nihoyat, uchinchi tendensiya – bu ta’lim. Yoshlar IT sektori bugungi kunda eng rivojlanayotgan soha ekanligini ko’rishmoqda, shuning uchun yigitlar va qizlar universitetlarga faol ravishda kirib, turli kurslarda tahsil olyapti. Bugungi kunda yosh mutaxassislar orasida O’zbekistonda BPO (Business Process Outsourcing) deb nomlangan xorijiy kompaniyalar uchun ish tendensiyasi mavjud. Davlat ushbu yo’nalishni qo’llab-quvvatlashining sababi, mamlakatga qo’shimcha investitsiyalar kelishi va yoshlar uchun ish o’rinlari yaratilishi va yigitlarimizning bilimlarini chet elga eksport qilish imkoniyatlari paydo bo’lmoqda.
Kelgusi yillarda ushbu tendensiyalarning barchasi O’zbekistonning IT-sektorida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Davlat va biznesning vazifasi bu haqiqatga to’g’ri integratsiya qilishdir. Agar shunday bo’ladigan bo’lsa, O’zbekiston IT sohasida yetakchi o’rinni egallashi mumkin.