Buyuk Britaniya Alisher Usmonovning holdingiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

eʼlon qilindi

Va boshqa rus tadbirkorlariga ham

Buyuk Britaniya hukumati Alisher Usmonov – USM xoldingiga qarshi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi. USM hamsohibi Vladimir Skoch va uning nabirasi Varvara Skoch ham Britaniya sanksiyalari ostida qoldi.

Londonning «qora ro‘yxati»ga rossiyalik tadbirkorlar Vladimir Yevtushenkov, Sulaymon Kerimov va boshqalar ham kiritilgan.

USM xoldingi Usmonov tomonidan 2012 yilda turli tadbirkorlik loyihalarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. USM aktivlari orasida sanoatning yirik ishtirokchilari, jumladan, Metalloinvest va Akkerman Cement ham bor.

Guruh Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi aksiyadori, tovarlarni raqamli markalash va kuzatishning yagona milliy tizimining operatori hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Usmonovning o‘zi ham 2022 yil fevral oyi oxirida, Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy mojaro boshlanganidan keyin YeI sanksiyalari ostida qolgan edi. Mart oyida tadbirkorga qarshi sanksiyalar AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan joriy etilgan edi.

Bugun rossiyalik milliarder Toshkentda istiqomat qiladi. Italiyaning TGcom24 telekanaliga bergan intervyusida u O‘zbekistonga yordam berish uchun biznesni tark etganini aytgan edi.

Alisher Usmonov Forbes tuzgan dunyoning eng boy odamlari global reytingida 122-o‘rinni egallagan. Tadbirkorning boyligi 14,4 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek