OIM: Rossiya aholi sonini saqlab qolishi uchun har yili 390 ming muhojirni jalb qilishi kerak
Aks holda, 2100 yilga kelib mamlakat aholisi ikki barobarga qisqaradi.
Aholi sonini saqlab qolish uchun Rossiya kelgusi 80 yil ichida har yili 390 mingdan 1,1 milliongacha muhojirni jalb qilishi kerak. Bunday xulosaga Oliy Iqtisodiyot maktabi (OIM) tadqiqotchilari keldi, yozadi RBC.
Tadqiqot Rossiyadagi demografik jarayonning uchta ssenariysini taqdim etadi. Eng optimistik nuqtai nazardan, tug’ilish koeffisienti har bir ayolga 2,5 bolani tashkil etganda, kompensasion migratsiya faqat 2036 yilgacha talab qilinadi.
Mo»tadil ssenariy (tug’ilish darajasi 1,85 bolagacha) 390 000, dastlabki yillarda esa undan ham ko’proq – 900 000 ga yaqin migrantni jalb qilish zarurligini nazarda tutadi.
Va nihoyat, salbiy ssenariy (tug’ilishning 1,4 bolaga qisqarishi) Rossiya aholisini saqlash uchun har yili 1,1 million migrantni jalb qilishni talab qiladi.
Tadqiqot mualliflari yaqin yillarda migrantlarni jalb qilish bo‘yicha bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.
Shu sababli, Rossiyada aholining kamayishi taxmin qilinmoqda.
Agar bu tendentsiya davom etsa, 2100 yilga borib mamlakatda hozirgidan ikki baravar ko’p odam yashashi mumkin.
Tadqiqotchilar prognoz uchun 2021 yil boshidagi mamlakat aholisini asos qilib olishdi. Ishda Ukrainada bir yildan keyin boshlangan harbiy mojaro oqibatlari hisobga olinmagan.
Mutaxassislarning fikricha, ular demografik jarayonlarga ta’sir qilishi shubhasiz.
«Biz tabiiy pasayishning bashorat qilinganidan biroz kattaroq miqyosni, shuningdek, emigrasiya va immigrasiya oqimining oshishini kutishimiz kerak», — deyiladi maqolada.
Nashrning taʼkidlashicha, 2022-yil oxirida Rossiyada tugʻilishning umumiy darajasi 1,42 ni tashkil qilgan.
HeadHunter xizmati maʼlumotlariga koʻra, Rossiya kompaniyalari eng faol ravishda Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolarini ishga olishmoqda.