O‘zbekiston kompaniyalari AQSh sanksiyalari ostiga tushdi
Gap Usmonov bilan bog’liq korxonalar haqida boradi
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Oʻzbekiston kompaniyalari: sement ishlab chiqaruvchi «Ahangarancement», uning bosh tashkiloti «Akkermann Cement CA» va Kiprning Windfel Properties Limited kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi, xabar beradi AQSh Moliya vazirligi sayti.
Bu tashkilotlarning barchasi asli o‘zbekistonlik rossiyalik milliarder Alisher Usmonov bilan aloqalari tufayli sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Usmonovga aloqador bir qator kompaniyalar va shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi. Gap Megafon uyali aloqa operatori, Metalloinvest korxonasi va USM xoldingi haqida ketmoqda.
«Ahangarancement» O‘zbekistonda umumiy quvvati yiliga 5 million tonna bo‘lgan ikkita sement ishlab chiqaruvchi zavodga ega. Korxonada o‘tga chidamli g‘isht va tayyor beton ishlab chiqariladi.