Abdurahmonovning iste’fosi haqidagi ma’lumotlar rad etildi

eʼlon qilindi

O’zbekiston Milliy axborot agentligi Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ishdan olingani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Agentlik bu ma’lumotni haqiqatga to’g’ri kelmaydi deb atadi.

Avvalroq «Daryo» o‘z manbasiga tayanib, Abdurahmonov iste’foga chiqqanini ma’lum qilgandi. Nashrning yozishicha, Dilshod Karimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Abdurahmonov 2013-yil aprelida O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari Islom Karimov tomonidan Andijon viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Shuningdek