Yangiliklar

AQShda Pentagon maxfiy hujjatlarini oshkorlashda gumon qilinuvchi hibsga olindi

Bu 21 yoshli «IT-chi» ekanligi aniqlandi.

AQSh Federal qidiruv byurosi Pentagonning maxfiy hujjatlarini oshkor qilganlikda gumonlanayotgan 21 yoshli Jek Teysheyrani hibsga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Teysheyra Massachusets shtatining Deyton shahridagi uyida razvedka hujjatlari oshkor qilinganidan bir hafta o‘tib hibsga olingan.

Gumonlanuvchi AQSh harbiy-havo kuchlarining Massachusets shtatidagi bazasida ishlagan. 2019 yildan buyon axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis lavozimida ishlab kelmoqda.

Nashrning taʼkidlashicha, hozirgi sizib chiqish Pentagon uchun soʻnggi 13 yildagi eng jiddiy hodisadir. Bunday kattalikdagi avvalgi voqea 2010 yilda sodir bo’lgan, o’shanda WikiLeaks saytida 700 mingdan ortiq hujjat, video va diplomatik kabellar joylashtirilgan edi.

Teysheira ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan hujjatlarda, jumladan, Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi haqidagi razvedka ma’lumotlari mavjud.