Angry Birds ishlab chiqaruvchisini Sega sotib olishi mumkin

eʼlon qilindi

Yangilik ortidan Rovio Entertainment aksiyalari qimmatlashdi

Yaponiyaning Sega o’yin giganti o’zining Angry Birds seriyasi bilan mashhur bo’lgan Finlyandiyaning Rovio Entertainment studiyasini sotib olishni maqsad qilgan. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, kelishuv 1 milliard dollarga baholangan.

Nashr manbalarga tayanib. Hozircha bu maʼlumotning rasmiy tasdigʻi yoʻq.

Rovio Entertainment kompaniyasini sotib olish bo’yicha kelishuv kelasi hafta boshida amalga oshishi mumkin. Yangiliklar fonida Finlyandiya ishlab chiqaruvchisi aksiyalari qiymati 1,11 foizga oshib, 7,78 yevroga yetdi. Kompaniyaning moliyaviy bahosi 645 million yevroni tashkil etdi.

Rovio Entertainment – 2003 yildan beri bozorda mavjud bo’lgan Finlyandiya o’yin ishlab chiqaruvchisi. U «Angry Birds» seriyasi bilan mashhur bo’lib, unda o’yinchi turli tuzilmalarga joylashtirilgan cho’chqalarga qushlarni otib tashlashi kerak.

Sega yaponiyalik video o’yinlar kompaniyasi. Bozordagi eng yirik o’yinchilardan biri.

Shuningdek