Yangiliklar

O‘zbekistonlik Hindistondan 205 ming dollarlik oltin olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan

U kontrabandani aravada qoldirib, boshqa shaharga uchib ketdi

Hindistonda 3,2 ming gr. oltin ni Dubayga olib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, xabar berdi Omcom News.

Oʻzbekistonlik kontrabanda olib ketmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olinishidan qoʻrqib, Indira Gandi (Dehli) aeroportida tilla taqinchoqlar solingan aravani qoldirib, Hindistonning Chandigarx shahriga uchib ketgan va u yerda qoʻlga olingan.

«U oltinni aravaga yashirib qo‘yib, Chandigarxga qochib ketdi. Biz uni shanba kuni u yerda ushlab, Dehliga olib keldik», dedi Hindiston bojxona vakili.

Bagaj aravasidan umumiy og‘irligi 3,2 ming gramm bo‘lgan 15 dona tilla zanjir va 17 dona qimmatbaho metall topildi.