Sudandagi to‘qnashuvlarda 56 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

595 kishi jarohatlangan

Sudandagi to‘qnashuvlarda 56 kishi halok bo‘ldi, 595 kishi jarohatlandi, xabar beradi Al Jazeera telekanali.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Xartum va Omdurmanda ishtirokchilar zich joylashgan hududlarda og‘ir pulemyotlardan o‘qqa tutilgan zirhli texnikalardan, jumladan bir necha tanklardan foydalangan.

«Hamma joyda yong’in va portlashlar bor. (…) Hamma yugurib, boshpana izlamoqda», dedi Omdurman davlat kasalxonasi shifokori Amal Muhammad.

Eslatib o’tamiz, shanba kuni Sudanda davlat armiyasi va muqobil kuch tuzilmasi – Tezkor harakat kuchlari (RSF) o’rtasida to’qnashuvlar yuz bergan edi. RSF qurolli hujumda armiyani aybladi. Sudan armiyasi RSF tomonidan o’z postlariga hujum qilganini e’lon qildi.

Shuningdek