Joriy mavsumda 312 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi
«Ochiq byudjet» portali «Mening yoʻlim» yoʻllarini taʼmirlash loyihasini ishga tushirdi, xabar qildi Toshkent viloyati hokimligi. Joriy mavsumda mazkur tashabbusga 312 milliard so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi.
Fuqarolardan takliflar joriy yilning 27 apreliga qadar qabul qilinadi. Ovoz berish 28 apreldan 7 mayga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yil kuzida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoʻllarni taʼmirlash xarajatlarining 50 foizini Ochiq byudjet hisobidan qoplash boʻyicha topshiriq bergan edi.
Joriy yilda Tashabbus byudjeti doirasida 1,6 ming loyiha g‘olib chiqdi. Ular uchun 1,57 trillion so‘m ajratiladi.
Avvalroq, «Kursiv» Mirziyoev «Tashabbuslar byudjyeti»da g‘alaba qozona olmagan tashabbuslar uchun qo‘shimcha 1,3 trillion so‘m ajratishni topshirganini yozgan edi.