Yangiliklar

2022 yilda O‘zbekiston sanoatiga qancha sarmoya jalb qilindi

Investitsiyalar miqdori ITIMda hisoblab chiqilgan

O‘tgan yili O‘zbekiston sanoatiga 138,9 trillion so‘mdan ortiq sarmoya kiritildi, ma’lum qiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tahliliy maqolasida.

Asosiy investitsiyalar ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keldi – 76,4 trillion so‘m. Shuningdek, 19 ta yangi erkin iqtisodiy zona va 400 dan ortiq kichik sanoat zonalarida infratuzilma uchun 10 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.

Tog‘-kon sanoati 21,1 trillion so‘mni jalb qila oldi. Ushbu sarmoyalar Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa viloyatlarda 19 ta metallga ishlov berish loyihasini ishga tushirishga yordam berdi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish haqida gapiradigan boʻlsak, oʻzlashtirilgan mablagʻlar hajmi 327,5 million dollarga yetdi, kimyo sanoatiga 170,9 million dollar sarmoya kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilga borib O‘zbekiston hukumati 2026 yilgacha 120 milliard dollar jalb etish niyatida.