Yangiliklar

YeTTB Samarqand uchun 100 ta elektrobus sotib oladi

Avtoturargoh qurilishini ham moliyalashtiradi

Joriy yilda Samarqand shahriga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘iga uzunligi 10,5 metr bo‘lgan 100 ta elektrobus xarid qilinadi.

Umuman olganda, Investitsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va YeTTB Samarqand shahriga 95 million dollarga 350 ta elektrobus sotib olishga kelishib oldi. Xarid ikki bosqichda amalga oshiriladi – joriy yilda birinchi yuzta avtomashina xarid qilinadi va ular uchun flot quriladi.

Tenderda Xitoyning Yutong Bus Co Ltd. kompaniyasi g‘olib chiqdi. Kompaniya «Samarqand yo‘lovchi trans» davlat korxonasi bilan 29,7 million yevrolik shartnoma tuzdi.

2023-yilning birinchi yarmida oltita elektrobus keltiriladi, qolganlari uchinchi chorak oxirigacha yetib keladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston poytaxtiga Xitoyning «Yutong» kompaniyasining 100 ta elektrobus va 103 ta 12 metrli avtobuslari olib kelingan edi. Bundan tashqari, shaharning metropoliten parki KingLong kompaniyasining 30 ta katta sig’imli avtobuslari bilan to’ldirildi.