O‘zbekistonda 1-maydan boshlab bazaviy hisob-kitob summasi miqdori 300 ming so‘mdan 330 ming so‘mgacha oshiriladi, shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdori ham oshadi.
Endilikda haydovchilar xavfsizlik kamarini taqmaganliklari yoki birinchi tibbiy yordam qutisi, jilet, o‘t o‘chirish moslamasi, ogohlantirish uchburchagi va texnik ko‘rikdan o‘tmaganliklari uchun 165 ming so‘m to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Hujjatsiz haydash, sug‘urtasi yo‘qligi yoki tezlikni 20 km/soatgacha oshirganlik uchun 330 000 so‘m jarima belgilandi. Qizil chiroqda yoki noto‘g‘ri to‘xtash joyida harakatlanish 660 000 so‘mga tushadi. Davlat raqamisiz harakatlanish yoki tezlikni oshirish (+20-40 km/soat) uchun 1,65 million so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.
Avtomobilni haydash vaqtida telefondan foydalanish 990 ming so‘mga, 40 km/soat tezlikka chiqish esa 2,97 million so‘mga tushadi, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun 3,3 million, mast holda 8,25 million jarima va 3 yilgacha huquqdan mahrum qilish nazarda tutiladi.
Eslatib o’tamiz, pensiya va nafaqalar miqdori 1 apreldan, ish haqi esa 1 maydan 7 foizga oshadi.