Yangiliklar

Aeroportda avtomobil to’xtash qoidalari o’zgartirildi

Prezident farmoni bilan

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallarda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, aeroport binolariga kirish joylari yaqinida faqat taksilar to‘xtashga ruxsat etiladi, shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti avtoturargohlarda to‘xtaydi.

Yo‘l o‘tkazgichdan jamoat transporti ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yo‘l o‘tkazgichlarda yo‘lovchi avtomobillariga 5 daqiqagacha, avtobus va mikroavtobuslarga esa 10 daqiqagacha to‘xtashga ruxsat beriladi. Barcha mashinalar aeroport chegarasidan kamida 30 metr masofada to’xtab turishi kerak.