Yangiliklar

G’arb Xitoyning Antarktidadagi yangi stantsiyasidan cho’chimoqda(mi)

Ilmiy majmua armiya foydasiga ma’lumot yig’ishda gumon qilinmoqda

Xitoy Antarktidada 2018-yilda to‘xtatilgan beshinchi ilmiy stansiya qurilishini qayta boshladi. Biroq, G‘arb davlatlari undan Xitoy armiyasiga josuslik qilishda foydalanilishidan qo‘rqishadi, deya xabar beradi Reuters.

Qurilayotgan ob’ekt Ross dengizi yaqinidagi Inexpressible orolida joylashgan. U sunʼiy yoʻldosh yerosti stansiyasi boʻlgan rasadxonani oʻz ichiga oladi.

Amerika strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) maʼlumotlariga koʻra, Xitoy stansiyasi boshqa mamlakatlarning sunʼiy yoʻldosh aloqalarini tutib oladi. Pekin shuningdek, Avstraliyaning Arnhem uchirish maydonidan uchirilgan raketalar haqidagi ma’lumotlarga kirishi mumkin.

Yanvar oyida olingan fotosuratlarga ko’ra, majmua hududida vaqtinchalik binolar, vertolyot va asosiy binoning poydevori 5 ming kvadrat metr maydonda paydo bo’lgan. CSIS Xitoy hukumati stansiya qurilishini 2024 yilgacha yakunlashiga ishonadi.