O’zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi bilan sodir bo’lgan voqeadan keyin
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi terma jamoalar, klublar va futbol akademiyalarida doping nazoratini kuchaytirishga qaror qildi, yozadi UFA matbuot xizmati.
Bu qaror O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 20 yoshli yarim himoyachisi Shahriyor Jabborov bilan yuz bergan mojarodan so‘ng qabul qilindi — uning doping-testida taqiqlangan modda aniqlangan, shu sababli u futboldan vaqtincha chetlashtirildi.
Shuningdek, UFA va antidoping agentligi mamlakat ichki chempionatlarida doping nazorati bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish masalalarini muhokama qilib, uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib oldi.