Barcha mashinalar Xitoyda ishlab chiqarilgan
20-aprel, payshanba kuni Toshkent yo‘llarida 400 ta yangi avtobus va elektrobuslar qatnay boshladi, yozadi O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Barcha mashinalar Xitoyda ishlab chiqarilgan. Jumladan: 114 ta avtobus, 169 ta elektr avtobusi va 117 tasi gaz bilan ishlaydigan transport vositalari.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyi boshida Oʻzbekistonga Xitoyning «Yutong» ishlab chiqaruvchisining 100 ta elektrobus va 103 ta avtobusi olib kelingan edi.