Umumiy bekatlar soni 48 taga ko’paydi
Toshkent metropoliteni yer usti halqa liniyasining beshta yangi bekatida yoʻlovchilar qatnovi boshlandi, xabar qildi Oʻzbekiston Transport vazirligi.
Shu tariqa, Toshkent metropolitenidagi stansiyalar soni 48 taga yetdi. Ko‘tarilgan liniya qurilishining ikkinchi bosqichi yakunlangach, bu raqam 50 taga yetkaziladi.
Beshta yangi stansiya orasidagi yo‘llarning umumiy uzunligi qariyb 7,7 km ni tashkil etdi.