O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti birinchi chorakda 190 trillion so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi

Deyarli 6% o’sish bilan

2023-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 198,4 trillion so‘mni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 5,5 foizga ko‘pdir, xabar beradi Statistika agentligi.

Ushbu hajmning 88,4 trillion so‘mi mahsulot ishlab chiqarishga, 100,2 trillion so‘mi xizmatlarga, 9,9 trillion so‘mi sof soliqlarga to‘g‘ri keldi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 17,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 15,2 milliard dollarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) ekspertlari O‘zbekiston iqtisodiyotining 2023-yilning birinchi choragida 5,31–5,62 foizga o‘sishini bashorat qilgan edi.

Shuningdek