Takliflarni tayyorlash jarayonlari kechmoqda
Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishda ishtirok etishi mumkin, xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Athamjon Ubaydullayev.
«Biz “Tatneft» kompaniyasi bilan uning respublikadagi ikkita yirik zavoddan biri bo‘lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishda ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqdamiz, – dedi Ubaydullayev «Innoprom. Markaziy Osiyo»da.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu borada takliflar tayyorlanmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997-yil avgust oyida ishga tushirilgan. Uni loyihalash va qurish uchun Technip Yevropa kompaniyalari konsorsiumi mas’ul edi. Korxonada aviatsiya va avtomobil yoqilgʻisi, oltingugurt, mazut va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.