Yaqin kelajakda dunyoda ko’pi bilan 10 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi qoladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                
                                    
                
                            XPeng prezidenti fikricha
Xitoyning XPeng avtokonserni prezidenti Brayan Guning fikricha, yaqin 5-10 yil ichida jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari soni o‘ndan kam bo‘ladi, deb yozadi Financial Times.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bozor yuqori konsentratsiyaga ega bo‘ladi va Xitoy kompaniyalari barqaror turishi uchun yiliga kamida 3 million avtomobil sotishlari kerak bo‘ladi.
«Agar siz ushbu 3 millionlik klubda bo’lishni istasangiz, Xitoyda shunchaki ishlay olmaysiz, siz global o’yinchi bo’lishingiz kerak», dedi Brayan Gu. «Bizning fikrimizcha, bunday stsenariyda, ehtimol, hajmlarning yarmi eksport qilinishi kerak.»