Telegram yana bloklandi

eʼlon qilindi

Bu safar Braziliyada

Braziliya sudi Telegram messenjerini mamlakatda bloklashga qaror qildi. Bunga xizmatning mahalliy maktablarga hujumga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan «neonatsist» guruhlari ma’murlari va a’zolari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Braziliyaning G1 axborot portali xabar berdi.

Apple va Google smartfon ilovalari do‘konlari egalari, shuningdek, mahalliy aloqa operatorlari Telegram’ni o‘z xizmatlaridan olib tashlashlari shart. Bundan tashqari, messenjer har kuni 1 million Braziliya reali (198 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.

Braziliya rasmiylari va Telegram o‘rtasidagi mojaro 2022-yil kuzida Braziliyaning Arakruz shahrida sodir bo‘lgan fojiadan keyin boshlangan. Yigit mahalliy ikkita maktabga bostirib kirib, otishma boshlagan. To’rt kishi halok bo’ldi, o’n bir kishi jarohat oldi. Huquq-tartibot xodimlarining fikricha, messenjerda o‘smirlarni bunday jinoyatlarga jalb qiluvchi guruhlar mavjud.

Politsiya Telegram’dan «neonatsistlar» guruhlari maʼmurlari va aʼzolari maʼlumotlarini soʻragan, biroq maʼlumotlarning faqat bir qismini olgan. Shuning uchun ularning telefon raqamlari berilmagan.

Telegram turli mamlakatlarda blokirovka qilishning boy tarixiga ega. 2015 yilda ulardan Xitoyda, 2018 yilda Eronda foydalanish taqiqlangan. Messenjer vatani Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Braziliyada vaqtincha bloklangan.

Shuningdek