UzAirways bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi

eʼlon qilindi

Ona va bolaning ahvoli barqaror

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti yo‘lovchisi bortida bola tug‘di, xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.

Istanbulga yaqinlashib kelayotgan 27 yoshli ayol styuardessalarga o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan. Reys yo‘lovchilari orasida bolaning tug‘ilishiga yordam bergan shifokorlar topilgan. O’g’il chaqaloq tug’ildi.

Samolyot qo‘nganida ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Aviakompaniya ayol va uning oilasini tabrikladi, shuningdek, samolyot ekipaji va yo‘lovchiga yordam bergan shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi yangi inson tug‘ilishida ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etish niyatida.

Shuningdek