Misr O‘zbekistonga gepatit Cga qarshi dori jo‘natadi

eʼlon qilindi

Beminnat yordam asosida

Misr hukumati O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit C ga qarshi dori – «Daklatasvir» yetkazib berdi, xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Birinchi partiya 35 ming dollarlik 17 ming qutidan iborat bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida bemorlarni davolashda foydalaniladi.

Umuman olganda, 2023-2024-yillarda Misr O‘zbekistonga jami 4,8 million dollarlik 800 ming dona Daclatasvir va Sofosbuvir dori vositalarini bepul jo‘natadi.

Shuningdek