Yangiliklar

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 11 foizga yetdi

Don mahsulotlari deyarli 30 foizga, sut va tuxum 18 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi.

Oʻzbekistonda isteʼmol narxlari indeksi (inflyatsiyaning asosiy koʻrsatkichi) yil yakunlari boʻyicha 11 foizga oshdi, xabar berdi Prezident huzuridagi Statistika agentligi aprel oyi maʼlumotlari bilan. Mart oyida bu ko‘rsatkich 11,7 foizni tashkil qilgan.

Yil davomida tovarlar bo’yicha indeks 11,7 foizga, xizmatlar bo’yicha 8,6 foizga o’sdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 13,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 9,3 foizga qimmatlashdi.

Yil davomida boshoqli don va don mahsulotlari 28,6 foizga, go‘sht 12 foizga, sut va tuxum 18,4 foizga qimmatlashganini qayd etdi Statistika agentligi.

Shuningdek, shakar va qandolat mahsulotlari 22,6 foizga, sabzavotlar 8,1 foizga qimmatlashgan.