Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionati boshlandi

eʼlon qilindi

Musobaqa 14-mayga qadar davom etadi

Poytaxtimizdagi «Humo Arena» sport majmuasida boks bo‘yicha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Marosimda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlev ishtirok etdi. Bokschilar nomidan Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov so‘zga chiqdi.

O‘zbekistonda ilk bor boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqalar 1 maydan 14 maygacha bo’lib o’tadi. Ularda 100 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.

Oltin medal sohiblari 200 000 dollar, kumush medal sohiblari 100 000 va bronza medallari 50 000 dollar oladi.

Shuningdek