Uchtasi oltin
Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari 12 medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqalar 27-30 aprel kunlari Toshkentda boʻlib oʻtdi, xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik sportchilar uchta oltin, uchta kumush va olti bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqa tashkilotchilari sifatida Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi, Osiyo mamlakatlari yengil atletika federatsiyalari, Oʻzbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirligi, «Oʻzbekneftgaz» AJ va boshqa tashkilotlar ishtirok etishdi.