O‘zbekistonda noyob o‘simlikni yig‘ishga moratoriy joriy etildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri

O’simlik Qizil kitobga kiritilgan

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonidan kelib chiqib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tojik ferula (lat. Ferula tadshikorum)ni yig‘ish va foydalanishga uch yillik moratoriy joriy etildi. Bu haqda Tabiiy resurslar vazirligi matbuot xizmati yozmoqda.

Bu uning tabiiy populyatsiyasini va tabiiy sharoitlarda tarqalishini ta’minlaydi, deb taxmin qilinadi.

Yovvoyi holda oʻsadigan tojik ferulasidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Shuningdek, barcha turdagi ferulalar uchun ruxsatnomasiz yig’ish yoki zarar etkazish ustidan qattiq nazorat o’rnatiladi.

Ferula tadshikorum — soyabondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻzbekistonda uning 50 ga yaqin turi mavjud.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekistonda quduqlar burgʻulash va ularning sathi besh metrdan koʻproq pasaygan hududlarda yer osti suvlaridan foydalanishga moratoriy joriy etilishi xabar qilingan edi.

Shuningdek