Yangiliklar

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 million so‘mdan pul ajratiladi

9-may bayrami sharafiga

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 9-mayga 18 mln. so’m olishadi.

Mukofot «mamlakatda 9-may – Xotira va qadrlash kunini davlat bayrami sifatida keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni e’zozlash maqsadida» to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda mukofot miqdori 7,5 million so‘m, 2020 yilda 10 million so‘m, 2021 yilda 12 million so‘m, 2022 yilda 15 million so‘mni tashkil etgan edi.