Regulyator buni inflyatsiyaning sekinlashishi bilan izohladi.
Oʻzbekiston Markaziy banki 4-may kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deyiladi regulyator saytida.
«Ushbu qaror iqtisodiyotda narxlar oʻsishining yanada sekinlashishiga yordam beradigan pul-kredit sharoitlarini taʼminlashga, shuningdek, yalpi talab va taklifning mutanosib oʻsishini taʼminlash uchun asosiy stavkaning mart oyida pasaytirilgan ijobiy taʼsirini davom ettirishga qaratilgan. », – deyiladi regulyator bayonotida.
Asosiy stavka masalasi joriy yilda uchinchi bor ko‘rib chiqilmoqda. Faqat bir marta Markaziy bank qiymatni o’zgartirishga qaror qildi. Mart oyida u 15% dan 14% gacha tushdi.