Yangiliklar

Markaziy bank O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari qisqarishini bashorat qilmoqda

Rublning qadrsizlanishi vaziyatga ta’sir qiladi

O‘zbekiston Markaziy banki respublikaga pul o‘tkazmalari hajmining pasayishini bashorat qilmoqda. Bu haqda 4 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida regulyator boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.

«2023-yilning to‘rt oyida pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,8 foizga o‘sib, 3,1 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, 2023-yilning qolgan qismida pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan kamayishi kutilmoqda», — dedi u.

Mamarizo Nurmuratov Rossiyadagi vaziyat transferlarga qanday taʼsir qiladi, degan savolga, yil boshidan beri rubl dollarga nisbatan taxminan 14 foizga qadrsizlangani va bu transferlar hajmiga taʼsir qilishini taʼkidladi. Respublika Rossiya Federatsiyasidan tranzaktsiyalar umumiy hajmining 82-83 foizini oladi.