Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston va Turkiya
Kasperskiy laboratoriyasining Yaqin Sharq tadqiqot markazi rahbari Amin Xasbini RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston eng ko‘p kiberhujumlar qayd etilgan davlatlar qatoriga kirishini aytdi.
«Biz geosiyosiy mojarolar sodir boʻlayotgan hududlarda koʻplab kiberhujumlarni koʻryapmiz. Ko’plab maqsadli hujumlar Osiyo, Sharqiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda qayd etilgan. Davlatlar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus va Turkiya bor. Rossiya kiberhujumlar soni bo‘yicha ham reytingda birinchi o‘rinda turadi», — dedi u.
Xasbinining qo‘shimcha qilishicha, xakerlarga qarshi kurashish uchun mamlakatlar rasmiylari faol bo‘lishga, jumladan, sun’iy intellektdan foydalanishga harakat qilmoqda. Biroq, buning uchun turli vositalardan foydalanish kerak, dedi mutaxassis.
Xakerlarga qarshi kurash vositalaridan u foydalanuvchilar va kompaniyalar bilan ishlash, shuningdek, odamlarning kibersavodxonligini oshirishni alohida ta’kidladi.