Poytaxt tumanlarining qay birida aholi shikoyatlariga eng loqayd munosobat ko’rsatiladi?

eʼlon qilindi

Ma’lumotlar Xalq Nazorati portalidan to‘plangan

O‘tgan hafta davomida «Xalq nazorati» portaliga Chilonzor tumani aholisidan eng ko‘p murojaat tushdi – murojaatlarning aksariyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keldi, yozadi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlar monitoringi natijasida 1006 ta murojaat to‘planib, ularning 728 tasi ijobiy hal etilgan, 155 tasi ko‘rib chiqilmoqda, 121 tasi muddati o‘tgan.

Murojaatlar bilan ishlashda eng muammoli hududlar Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlari hisoblanadi. Ular shahardagi barcha muddati o’tgan arizalarning 60 foizini tashkil qiladi.

«Xalq nazorati» – interaktiv xizmat boʻlib, unda aholi Toshkent shahar hokimligining shahar xizmatlari xodimlari uchun murojaat qoldirishi mumkin.

Shuningdek