Yangiliklar

Toshkent yaqinida zilzila yuz berdi

Yer silkinishini Bo‘stonliq tumani aholisi his qildi

Toshkent viloyatida 3,2 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi.

Zilzila epitsentri Bo‘stonliq tumanida, Toshkentdan 117 km uzoqlikda, shimoli-sharqda joylashgan. Mahalliy aholi zilzilalarni soat 08:46 da sezgan.

Avvalroq – 3 aprel kuni Buxoro viloyatida zilzila yuz bergan edi. Uning magnitudasi 3,3 ni tashkil etdi.

So‘nggi o‘n yil ichida mamlakatda 6-8 balli zilzila olti marta sodir bo‘lgan, natijada 16 kishi halok bo‘lgan.