Umra ziyorati 20 iyulga qadar to‘xtatildi
eʼlon qilindi
Vizalar berish toʻxtatildi
Saudiya Arabistoni Umra vizasi berishni to‘xtatdi, xabar berdi «Daryo» Umra ziyoratlari uyushmasi vakiliga tayanib.
«Bu odatiy tartib. Umra uchun viza berish Muharram oyigacha, ya’ni 20 iyulga qadar to‘xtatildi. Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra vazirligi bu haqda rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, aslida viza berish to‘xtatildi», — dedi u.
Bundan tashqari, 15-maydan boshlab Makkaga kirish rasman yopiladi. Shaharga faqat yashash uchun ruxsatnomasi bo’lgan shaxslar tashrif buyurishi mumkin.