O‘zbekistonning to‘qqiz viloyatida
Oʻzgidromet bosh direktori Sherzodxoʻja Habibullayev oʻzining Facebookdagi sahifasida 12—13 va 16—17-may kunlari kutilayotgan yomgʻir tufayli Oʻzbekistonning toʻqqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi.
«Togʻ oldi va togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va togʻli hududlarga ketayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini koʻrishingizni soʻraymiz», – dedi Habibullayev.