Dizel ham
Oʻzbekiston benzin va dizel yoqilgʻisi importiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qildi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avtomobil yoqilg‘isi zaxirasini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Yoqilg‘i importchilari aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun ham kredit olishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, davlat rahbari bugungi kunga qadar O‘zbekistonga 5 mingta elektromobil olib kelingani va ular uchun hududlarda infratuzilma yaratish zarurligini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan yaqin uch yilda elektromobillar uchun 3 mingta zaryadlovchi moslama o‘rnatish dasturi qabul qilindi. Joriy yilda hududlarda 900 ta shunday qurilma paydo bo‘lishi kerak.