O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi

Musobaqa 2023 yilda bo’lib o’tadi

2023 yilgi Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimi yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi «B» guruhiga kirdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

O‘zbekistonlik futbolchilar uchun guruhda Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalari raqibga aylanadi.

Kursiv O‘zbekiston Futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida yozdi. Uning yordami bilan ushbu sport turi bilan shug’ullanish uchun infratuzilma rivojlantiriladi.

Mamlakat futbol assosiasiyasi qoshida «Iqtidorli futbolchilarni tanlash va tarbiyalashda izchillik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida» 14 ta jamoa tashkil etilgan. Toshkentdagi «Do‘stlik» stadioni negizida barcha yosh toifasidagi terma jamoalar markazi tashkil etiladi.

Shuningdek