Qirg‘izistonda O‘zbekiston-Qirg‘iziston avtomobil zavodi qurilishi boshlandi

eʼlon qilindi

Bo’lajak korxona poydevoriga kapsula qo’yildi

Qirg‘izistonning Chuy viloyatining Oq-Suv qishlog‘ida «Oltin tulpar unaa qurilish» yangi O‘zbekiston-Qirg‘iziston avtomobil zavodi qurilishi uchun kapsula yotqizildi. Dastlabki bosqichda yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi va mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Zavod yengil va tijorat avtomobillarini yig‘ish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasi raisi – Qirg‘iziston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi.

«Bugun Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bugun avtomobillarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishi uchun kapsulaning yotqizilishi buning dalilidir», — dedi Oqilbek Japarov.

Dastlabki bosqichda yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, 1000 dan ortiq doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek