O‘zbekistonda kambag‘allar soni 230 mingga kamaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo’yicha

2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda kam ta’minlanganlar soni 210 ming kishiga kamaydi. 2022 yil oxirida ularning soni 1 millionga kamaydi.

Bu raqamlar davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shuningdek, 2,3 million kam ta’minlangan oilalar, ayollar, nogironlar va yolg‘iz nafaqaxo‘rlar «Temir», «Ayollar va yoshlar» daftarlari hamda «Ijtimoiy sug‘urta reyestri» hisobidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Oilaviy tadbirkorlikka har yili 13 trillion so‘m kredit va 1,5 trillion so‘mlik subsidiyalar ajratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil fevral oyi boshida qashshoqlikni qisqartirish va bandlik vaziri Bekzod Musayev 1,3 million o‘zbekistonlik ishsiz ekanini aytgan edi.

Shuningdek