Rasmiylar Rossiya, Xitoy va AQSh bilan munosabatlarni o’zgartirish niyatida emas
Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyaning Rossiya, Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlariga nisbatan siyosati davlat rahbari saylanganidan keyin o‘zgarmasligini aytdi, yozadi «TASS».
«Biz saylov oldidan olib borgan siyosatimizni davom ettiramiz. Biz uni Rossiya, AQSh, Xitoy va biz aloqada bo‘lgan G‘arbga nisbatan o‘zgartirish niyatida emasmiz», — deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Erdo‘g‘on Turkiyaning tashqi siyosati «bir xil ruhda» davom etishiga ishontirdi.
15 may kuni Turkiyada saylovning birinchi bosqichi yakunlandi. Kursiv yozganidek, Erdo‘g‘on 49,35%, uning asosiy raqibi Kemal Kilichdarog‘lu esa 45% ovoz olgan.
28 may kuni mamlakatda prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.