Korzinka supermarketining kassalarida naqd pul olishingiz mumkin
eʼlon qilindi
Xizmat 1-maydan ishga tushirildi
Markaziy bank «Korzinka» supermarketlar tarmog‘iga mijozlarning bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirishga ruxsat berdi, yozadi Markaziy bank matbuot xizmati.
Xizmat 1-may kuni ishga tushirilgan, test sinovlari 1-noyabrgacha davom etadi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bank kartalarini tez-tez naqdlashtira boshladilar. 2022-yilda bankomat va kassalar orqali yechib olingan mablag‘lar hajmi 57,2 foizga oshib, 149,5 trillion so‘mni tashkil etdi.