Yangiliklar

UzAuto Motors avtomobillar narxi oshishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Bu haqdagi maʼlumotlar avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

UzAuto Motors kompaniyasi 1 iyundan zavod Damas, Labo, Cobalt va Lacetti avtomobillarining yangilangan versiyasini taqdim etishi, Cobalt va Lacetti narxi esa 20-23 ming dollardan boshlanishi haqidagi yolg‘on ma’lumot deb atadi.

«Biz turli kanallar maʼmurlari va egalaridan qonun va sogʻlom fikrga amal qilgan holda, auditoriyani jalb qilish uchun yolgʻon maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz. Kompaniya, uning rejalari va mahsulot narxlari haqidagi barcha ishonchli ma’lumotlarni faqat bizning rasmiy sahifalarimizdan bilib olishingiz mumkin», — deyiladi avtomobil ishlab chiqaruvchisi bayonotida.

Narxlar oshishi haqidagi ma’lumotlar avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. UzAuto Motors bu borada rasmiy maʼlumot bermaganini maʼlum qildi.

Avvalroq UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarining yangi konfiguratsiyasini e’lon qilgan edi. Chevrolet Tracker Redlineda isitish, old va orqa o‘rindiqlar (shu jumladan, suyanchiqlar) isitiladigan charm ishlangan rul bo‘ladi. Chevrolet Onix Redline qoraytirilgan orqa old va yon oynalar, karter himoyasi va boshqa funksiyalarga ega bo‘ladi.